Kompaniya haqida
Biz kimmiz
2015 yildan beri O'zbekiston bozorida kundalik iste'mol tovarlari distribyutori. O'n beshta ofis, mamlakatning har bir mintaqasida o'z omborlari va savdo jamoalari.
Missiya
Iste'molchi uchun narx va sifatning qulay nisbatida jahon brendlarining talab yuqori mahsulotlarini taklif qilgan holda odamlar hayoti sifatini yaxshilash.
Qarash
O'sish va rivojlanish uchun o'z innovatsion yechimlari bilan Markaziy Osiyodagi 1-raqamli distribyutorga aylanish.
Biz ishlaydigan oltita tamoyil
Buni qanday tushunishimizni o'qish uchun kartaga kursorni olib boring.
- 01
Hamkorlik
Bizning asosiy qadriyatimiz — birgalikda rivojlanishga qaratilgan ishonchli, mustahkam va uzoq muddatli hamkorlikni o'rnatish.
- 02
Professionallik
O'z ishini har doim eng yuqori darajada bajarish va istalgan sharoitda qo'yilgan vazifalarni samarali hal qilish qobiliyati maqsadlarga tez va bemalol erishishga yordam beradi.
- 03
Ishonch
Ishonch — muvaffaqiyatli va o'zaro manfaatli hamkorlikni qurishning eng muhim omili.
- 04
Doimiy rivojlanish
Hayot — bu doimiy va tinimsiz rivojlanish.
- 05
Hurmat
Har bir insonga hurmat bilan munosabatda bo'lish muvaffaqiyatli va dinamik rivojlanishni belgilaydi.
- 06
«win/win» falsafasi
Muvaffaqiyatli biznes jamoaning har bir a'zosi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo'lishi kerakligiga chin dildan ishonamiz.

Bizning jamoa
Biznes yo'nalishlari uchun mas'ul o'n ikki kishi. Inson haqida o'qish uchun portretga kursorni olib boring.
-
Yulduz Sadiqova
Bosh direktor
2021-yildan buyon Adler Group Distribution kompaniyasiga rahbarlik qilib kelmoqda. FMCG sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega. Faoliyati davomida Adler Group Distribution va International Beverages Tashkent kompaniyalarida CCO lavozimida, shuningdek, PepsiCo kompaniyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Distribyutsiya strategiyalarini yaratish, biznes samaradorligini boshqarish va kuchli boshqaruv jamoalarini shakllantirishga ixtisoslashgan.
-
Davron Ziyamuhamedov
Tijorat direktori
Savdo departamentining sotish strategiyasi va samaradorligini boshqarish uchun mas’uldir. Savdo va distribyutsiya sohasida deyarli 20 yillik ortiq tajribaga ega bo‘lib, Beeline, Nestlé va Lactalis kabi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritgan. Strategik rejalashtirish, bozor tahlili hamda tijorat departamenti faoliyati samaradorligini boshqarishga ixtisoslashgan.
-
Nurillahuja Odilov
Moliya direktori
Biznes rivojlanishining har bir bosqichida moliyaviy barqarorlik va shaffoflikni ta’minlaydi. Adler’da 2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, moliyachidan moliyaviy direktorgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Moliya, bank sektori, tashqi iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik sohalarida 25 yildan ortiq tajribaga ega.
-
Sergey Starodubtsev
Operatsion direktor
2025-yildan beri Adler Group Distribution operatsion blokini boshqarib, tahlil, logistika va omborxona operatsiyalari, IT-funksiya, yuridik bo‘lim va CSni birlashtiradi. Kompaniyadagi 10 yil davomida u yetakchi xalqaro brendlar - Mars, Danone, PepsiCo va boshqalar bilan yaqindan hamkorlik qilib, hamkorlikning barcha darajalarida operatsion muvofiqlikni ta’minlab kelmoqda.
-
Janita Pardabekova
HR bo'limi rahbari
Adler Group Distribution kompaniyasining HR bo‘limiga rahbarlik qilib, xodimlar bilan ishlashning barcha yo‘nalishlari uchun mas’ul hisoblanadi. HR sohasida 9 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, Staff-to-Business, Orient xoldingi, Urban Retail va Shayana Farm kompaniyalarida faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon Adler kompaniyasida ishlaydi. Ma’lumotlar va tahlillarga asoslangan, shaffof va o‘lchab bo‘ladigan HR jarayonlarini shakllantirishga ixtisoslashgan.
-
Aleksey Shinyayev
Yuridik bo'lim boshlig'i
Kompaniya manfaatlarini himoya qilish, murakkab muzokaralarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun samarali huquqiy yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Biznesni yuridik jihatdan olib borish sohasida 8 yildan ortiq tajribaga ega. Shartnomaviy va korporativ huquq, da’vo va sud ishlari, tijorat loyihalarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy xavflarni nazorat qilish bo‘yicha ekspert.
-
Javohir Hamidov
Yirik mijozlar bo'yicha direktor
Adler Group Distribution’da asosiy mijozlar bilan ishlash yo‘nalishini boshqaradi, kompaniyaning butun portfelini rivojlantirish va kuchli Modern Trade tuzilmasini yaratish uchun mas’uldir. Nestléda 8 yildan ortiq ishlagan. Adler mijozlar bilan hamkorlikda biznes-rejalashtirishni rivojlantirish, yagona ish standartlari va shaffof KPI tizimini joriy etishga e’tibor qaratadi.
-
Ibrohim Jo'rayev
Savdo direktori
2023-yildan beri Adler Group Distribution kompaniyasida bo‘lib, Mars portfelini sotish va tarqatishni rivojlantirish uchun mas’ul. United Distribution, PerFetti Van Melle kabi kompaniyalarda distributsiya sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega. Jamoa boshqaruvini aniq maqsadlar, shaffof KPI va ma’lumotlar bilan muntazam ishlash asosida quradi, bunda strategiya yo‘nalishni belgilaydi, boshqaruv yondashuvi esa jamoa natijaga qanday erishishini belgilaydi.
-
Aynur Yadrishchenskaya
Savdo direktori
FMCG sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega. 2021-yildan buyon Adler kompaniyasida faoliyat yuritadi. 2025-yildan boshlab INFAPRIM savdolarini rivojlantirish, jamoani boshqarish, hududlardagi faoliyatni kengaytirish va asosiy biznes ko‘rsatkichlariga erishish uchun mas’uldir. Faoliyatida tizimli yondashuvga amal qiladi, asosiy e’tiborini natijaga erishish va barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratadi.
-
Daniyar Yo'ldashev
Savdo direktori
2023-yildan buyin Adler Group Distributionda, hozirda Danone portfelining savdo va distribyutsiyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Dastlab Rusagro portfeli bilan ishlab, YTD ko‘rsatkichlari bo‘yicha savdolarning ijobiy dinamikasini ta’minlagan. Ucell, Musaffo va Gatter kompaniyalarida rejalashtirish, tahlil va xaridlar yo‘nalishlarida 10 yildan ortiq tajribaga ega. Boshqaruvda xodimlarning avtonomligi uchun imkon yaratish va ularning strategik fikrlashini rivojlantirishga ahamiyat beradi.
-
Dilmurod Shoikromov
Yog'-moy mahsulotlari savdo direktori
Adler Group Distribution kompaniyasida Rusagro savdo yo‘nalishiga rahbarlik qiladi. Distribyutsiya sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega va 2017-yildan buyon kompaniyada faoliyat yuritib kelmoqda. Amaliy tajribasi unga soha va biznes jarayonlarining o‘ziga xos jihatlarini chuqur o‘rganish imkonini bergan. Shu asosda boshqaruv yondashuvini shakllantirgan — savdo bo‘limining samarali tuzilmasini yaratishdan boshlab jamoani rivojlantirish va savdo ko‘rsatkichlarini oshirishgacha alohida e’tibor qaratadi.
-
Timur Solihov
Treyd-marketing menejeri
2025-yildan beri Adler Group Distribution kompaniyasida marketing yo‘nalishini boshqaradi. Marketing va biznesni rivojlantirish sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega, jumladan Ekopen, Beeline, Sarkor Telecom va boshqa kompaniyalarda ishlagan. Strategik va savdo marketingi, brendlarni rivojlantirish va marketing loyihalarini boshqarish bo‘yicha mutaxassis.